O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy mamlakati mezbonligi ostida o‘tayotgan “CFA International Women's Football Tournament Yongchuan 2025” tijoriy turnirning yarim finalida, mezbon jamoaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi jamoamiz 3-o‘rin uchun Zambiya - Tayland o‘yinida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynaydi.
Mazkur bahs 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.













