Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

A seriya. Eldor Shomurodov gol urgan bahsda «Roma» «Yuventus» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

A seriya. Eldor Shomurodov gol urgan bahsda «Roma» «Yuventus» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi, unda "Roma" va Turinning "Yuventus" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yin Italiyaning Rim shahrida joylashgan "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 40-daqiqada ochildi — "Yuventus" yarimhimoyachisi Manuel Lokatelli gol muallifi bo‘ldi. 49-daqiqada esa Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar burchak zarbasidan keyin Ndika bosh bilan zarba berdi. "Yuve" posboni to‘pni qaytardi. Shomurodov esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. O‘zbekistonlik futbolchi zaxiradan maydonga tushgan edi.

Mazkur durangdan so‘ng "Yuventus" Italiya chempionati jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Igor Tudor boshqaruvidagi jamoa 31 uchrashuvdan so‘ng 56 ochko jamg‘argan. "Roma" ham shuncha o‘yindan so‘ng 53 ochko to‘plagan va jadvalda yettinchi o‘rinda bormoqda. Bosh murabbiy Klaudio Ranyeri boshchiligidagi jamoa yetakchi "Inter"dan (68 ochko) orqada qolmoqda.

Italiya — A Seriya. 31-tur  
Roma (Rim) - Yuventus (Turin) - 1:1
Gollar: 0:1 — Lokatelli (40'); 1:1 — Eldor Shomurodov (49')
"Roma": Mile Svilar, Janluka Manchini, Evan Ndika, Zeki Chelik (Viktor Nelsson, 72'), Anxelinyo, Manu Kone, Brayan Kristante (Lukas Gurna-Duat, 61'), Matias Sule, Stefan El-SHaaraviy (Leandro Paredes 61'), Mats Xummels (Eldor Shomurodov 46'), Artem Dovbik (Tommazo Baldansi, 85')
"Yuventus": Mikele Di Gregorio, Loyd Kelli, Renatu Veyga, Pyer Kalyulyu, Ueston Makkenni, Kefren Tyuram, Manuel Lokatelli (Nikolo Savona, 76'), Timoti Vea (Randal Kolo Muani 68'), Nikolas Gonsales (Teun Koopmeyners 69'), Kenan Yildiz, Dushan Vlaxovich (Andrea Kambyazo 68')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:52, 07.04.2025.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.