"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi oldidan Xosep Gvardiola bilan suhbatlashdi.
"Men u bilan gaplashmoqchi edim, uchrashuvni muhokama qildik. U muvaffaqiyatlarimizga qoyil qoladiganlardan biri.
Eng yaxshilardan, foydali tajribaga ega odamlardan o‘rganish muhim. Pep juda aqlli.
Men u bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim va u menga ko‘p yordam berdi", - dedi Arteta o‘yindan keyingi intervyusida.













