Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

2031 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun 7 ta ariza kelib tushgan

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Futbol Konfederasiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Osiyo Futbol Konfederasiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo‘mitasining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo Futbol Konfederasiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun 7 ta nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni «turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich», deya baholadi.

«OFK prezidenti qit’adagi barcha a’zo assosiasiyalarning yuksak fidoyiligi va tashabbusini e’tirof etdi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Ta’kidlanishicha, OFK 2025 yil 31 martgacha milliy jamoalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini o‘zida qabul qilish uchun quyidagi assosiasiyalardan arizalarni qabul qildi:
Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Quvayt, BAA O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston (qo‘shma ariza).

«Kelib tushgan rekord darajadagi arizalar — bu turnirning nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. OFK Ijroiya qo‘mitasi nomidan barcha a’zo assosiasiyalarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman», — dedi OFK prezidenti.

Endilikda OFK nomzod assosiasiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi.

Kiritildi: 11:16, 11.04.2025.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик