Portugaliya futbol federasiyasi intizom kengashi Primeiraning 28-turida “Benfika”ning kiyinish xonasidagi yorug‘lik muammosi uchun “Portu”ni 1020 yevro miqdorida jarimaga tortdi.
"Stadionga yetib kelganimizdan so‘ng, mehmonlar kiyinish xonasida yorug‘lik yetarli emasligini payqadik va darhol maydon menejerini ogohlantirdik, u bu elektr bilan bog‘liq muammo ekanligini va uni darhol hal qilishini aytdi. Biroq, liga delegati o‘yindan so‘ng tekshiruv o‘tkazmaguncha, vaziyat o‘zgarmadi", deya xabar beradi manba.