Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Navoiydagi stadion may oyidan boshlab Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin

Navoiydagi stadion may oyidan boshlab Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Liga mutaxassislari so‘nggi ikki oy ichida bir necha bor Navoiy shahrida bo‘lib, Yoshlik sport majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. So‘nggi bor ular kecha — 13-aprel kuni stadionda bo‘lib, holatni ko‘zdan kechirdi.

Navoiy shahridagi stadion maydoni mart oyining so‘nggi 10 kunligida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘lgan. Biroq stadion texnik hududini pardozlash ishlari vaqt talab qildi. "Qizilqum" 18-aprel kungi Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi uchrashuvni o‘z maydonida qabul qilish bo‘yicha 10-aprel kuni Ligaga rasmiy xat yo‘lladi. Vaholanki, o‘rganishlar 18-aprel kuni Yoshlik stadionida rasmiy uchrashuv o‘tkazish ehtimoli biroz kam ekanligi yuzasidan Liga 7-aprel kuni "Qizilqum" klubiga ma’lumot taqdim etgandi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 11.3 hamda 15.8-bandlari "Qizilqum" klubiga Liga tomonidan yuborilgan xatga asos vazifasini o‘tab bergan. Rasmiy uchrashuvni tashkil etishda bir qator masalalar inobatga olinishi lozim. Superliga o‘yini yangi stadionda kutilmagan fors-major holatlar bilan to‘qnash kelishi katta ehtimol. Shundan kelib chiqib, stadionda barcha ish to‘la yakunlanishi va rasmiy uchrashuv o‘tkazish masalasi reglamentda ko‘rsatilgan muddatdan kelib chiqqan holda talab qilinishi mantiqli hisoblanadi.

14-aprel kungi holat bo‘yicha stadion o‘yinlarni qabul qilish uchun 95 foizga tayyor. Texnik hududdagi ishlar deyarli yakunlangan, projektorlar taqdim etayotgan yorug‘lik talab darajasiga keltirilgan. Biroq uchrashuvni marketing tomonlama tashkil etish, MTRK va VAR texnikasi uzilishlarsiz faoliyat olib borishi hamda to‘liq quvvatda ishlashi mumkinligi tegishli mutaxassislar tomonidan monitoring qilib olinmagan. Klub rasmiylari bu borada ishlar 1-2 kun ichida yakunlanishini bildirgan. Demak, mana shu muddatdan so‘ng Liga TV va VAR mutaxassislarini Navoiy shahriga yuboradi. O‘rganish ishlari amalga oshirilgach, Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "Navbahor" uchrashuvini Navoiy shahrida tashkil etish choralari ko‘riladi.

Ma’lumot uchun, Liga mutaxassislari 2 yildan buyon Navoiydagi stadion bilan bog‘liq vaziyatni uzluksiz monitoring qilib bordi. Odatda stadion texnik hududini emas, futbol maydonini foydalanishga topshirish ko‘proq vaqt talab etadi. Sababi maysa unib chiqishi va parvarishi bevosita iqlim bilan bog‘liq hisoblanadi. Yoshlik arenada esa buning aksi kuzatildi. Maydon Navro‘z bayrami arafasida tayyor holatga keltirildi, biroq texnik hududdagi ishlarni yakunlash vaqt oldi. Bu boradagi mas’uliyat stadionda ta’mirlash ishlarini olib borgan tomonga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Liga esa stadionlarni qabul qilib olishda reglament talablari birlamchi ekanligini eslatadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:56, 14.04.2025.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.