Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Prevyu. “Navbahor” - “Neftchi”

Prevyu. “Navbahor” - “Neftchi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi, 1-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi.

Mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi tarixidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan, 3 marta, ya’ni, 1993, 2022 hamda 2024 yillarda finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahslarda “Paxtakor” (0:3), “Nasaf” (1:2) va “Andijon” (2:3) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“Neftchi” esa 2 marta – 1994 hamda 1996 yillarda O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan hamda ushbu musobaqaning 5 karra (1997, 1998, 2001, 2002, 2005) finalchisi hisoblanadi.

E’tiborlisi, farg‘onaliklar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahslarida to‘rt marta “Paxtakor”dan, bir marta “Navbahor”dan mag‘lubiyatga uchrashgan.

1998 yilgi O‘zbekiston kubogi finalida namanganliklar “Neftchi”ni Shuhrat Rahmonqulov (38) hamda Anvar Soliyev (51)ning gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston kubogining 3 karra sohibiga aylangan hamda billur sovrin “Navbahor”ga abadiy saqlash uchun topshirilgan.

Ushbu klublar O‘zbekiston kubogi o‘yinlarida o‘zaro 15 marta ro‘baro‘ kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 9 tasida “lochinlar”, 4 tasida esa farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan va 2 ta bahsda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 26 -15, jamoamiz foydasiga.

Ta’kidlash joizki, ushbu jamoalar O‘zbekiston kubogining yarim finali doirasidagi o‘yinlarda 5 marta (!) to‘qnash kelishgan. Shuningdek, 2 marta nimchorak final va bir martadan guruh bosqichi hamda finalda bellashishgan.

2022 yilgi mavsumda ham mazkur klublar ushbu musobaqa doirasida “Qizilqum” hamda “Dinamo” jamoalari bilan birgalikda bitta guruhdan joy olishgan, “Navbahor” “Neftchi”ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan holda (qizig‘i, “lochinlar”ning ushbu o‘yindagi gollariga endilikda “yo‘lbarslar” sharafini himoya qilayotgan Jamshid Iskanderv va Zoran Marushichlar mualliflik qilishgandi), mazkur “o‘lim guruhi”dan yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l olgan, "Navbahor"ga “Qizilqum” hamrohlik qilgan, farg‘onaliklar esa guruhda qolib ketishgandi.

Jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:
1992 yil. Yarim final
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1
1993 yil. Yarim final
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1
(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga finalga “Navbahor” yo‘l olgan).
1994 yil. Yarim final
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0
1995 yil. Yarim final
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:2
“Navbahor” – “Neftchi” – 5:0
1997 yil. Yarim final
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:2
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0
1998 yil. Final
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0
2017 yil.Nimchorak final
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1
(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga chorak finalga “Neftchi” yo‘l olgan).
2019 yil. Nimchorak final
“Navbahor” – “Neftchi” – 3:1
2022 yil. Guruh bosqichi
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvi bugun Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 20:15 da start oladi.

Kiritildi: 04:57, 15.04.2025.
O'qildi: 1162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.