Yevropa Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida "Ayntraxt" bosh murabbiyi Dino Topmeller "Tottenxem" klubidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Men yigitlar va ularning qilgan ishlari bilan faxrlanaman. Ular maydonda bor kuchlarini berib kurashdilar. Ular gol ura olishmadi, ammo hamma narsani qilishdi. Biz bu mag‘lubiyatga rozi bo‘lishimiz kerak, lekin biz qaytib kelamiz va yanada kuchliroq bo‘lamiz. Biz ushbu turnirdagi eng yosh jamoamiz. Biz ajoyib natijalarga erishdik, biz jamoa sifatida o‘sdik, individual darajada o‘sdik, futbolchi va murabbiy sifatida o‘sdik. Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatning teskarisi emas, balki uning bir qismidir" - dedi Topmeller.













