Taniqli sobiq futbolchi Luish Figu "Barselona" Madridning "Real" klubi bilan to‘qnash keladigan Ispaniya kubogi finali haqida o‘z fikrlarini aytdi.
O‘yin 26 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
"Bu "el-klasiko," Ispaniya futbolida ustunlik qiladigan ikki jamoaning o‘yini. Kim g‘olib bo‘lishini ko‘ramiz. "Barselona" o‘yinga eng yaxshi ruhiy holatda kelmoqda, ammo natijani baribir oldindan aytib bo‘lmaydi," - deya "Barselona" va "Real"da o‘ynagan Figuning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.













