"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Real"ga (3:2) qarshi Ispaniya kubogi finalida Kundening g‘alaba keltirgan goli haqida fikr bildirdi.
"Kunde to‘pni qabul qilganda, hamma unga: "Tep!" deb baqirdi. Men u yerdan gol urishini tasavvur ham qilolmasdim.
U o‘z mahoratini namoyish qildi", - dedi Pedri.













