Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Gvardiola yana Angliya kubogi to‘pidan norozilik bildirdi

Gvardiola yana Angliya kubogi to‘pidan norozilik bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogi musobaqasida ishlatiladigan to‘p haqida yana bir bor tanqidiy fikr bildirdi. Uning fikricha, Mitre Sports kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bu to‘p bilan o‘ynash juda qiyin va futbolchilarga jiddiy noqulaylik tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Angliya Kubogi yarim finalida «Nottingem Forest» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi.

O‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda Gvardiola futbolchilarda charchoq belgilari sezilgani va bu vaziyatda to‘pni nazorat qilish qiyinlashganini ta’kidladi:

«Ikkinchi bo‘limda "Nottingem Forest" yanada kuchliroq pressing qila boshlashini oldindan bilardik. Bir necha marta to‘pni yo‘qotdik, chunki futbolchilarimizda charchoq aniq sezildi. To‘p juda tez edi, u yerda sakrab ketishi ham har ikki jamoa uchun muammo bo‘ldi. Bunday to‘p bilan o‘ynash, uning trayektoriyasini oldindan bilish juda murakkab ekan».

Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassis jamoasining finalga yo‘l olganidan mamnunligini yashirmadi va «shaharliklar» yana bir bor sovrin uchun kurashish imkoniga ega bo‘lganidan xursand ekanini ta’kidladi:

«Hamma qiyinchiliklarga qaramay, biz buni uddaladik va finalga chiqdik. Men yana Angliya kubogi finalida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman», — deya qo‘shimcha qildi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas» klubiga qarshi maydonga chiqadi. Bu bahs 17 may sanasiga belgilangan.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 07:02, 28.04.2025.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик