Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ranyerining “Roma”ga sovg‘asi – Shomurodovning qayta tug‘ilishi va A Seriyadagi g‘alabali yurish!

Ranyerining “Roma”ga sovg‘asi – Shomurodovning qayta tug‘ilishi va A Seriyadagi g‘alabali yurish!

Baho:
+-1 | -

Taniqli italiyalik murabbiy Klaudio Ranyeri “Roma” jamoasini qabul qilib olgan vaqtda poytaxtliklarning ahvoli og‘ir, klub A Seriya turnir jadvalining ikkinchi qismida bor edi. Ammo bu tajribali mutaxassis jamoaning yurishini tezda o‘zgartirib yubordi va qisqa vaqt ichida “Roma” mag‘lub bo‘lmas klubga aylandi.

Rimning “bo‘rilari” A Seriyaning so‘nggi turida San-Siro stadionidagi muhim o‘yinda amaldagi chempion “Inter”ni yengib, ketma-ket mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 ta o‘yinga yetkazdi.

Mazkur uchrashuvda o‘zbek futboli yulduzi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hal qiluvchi golga assistentlik qildi. Ranyeri qo‘l ostida tashkil etilgan Shomurodov va Matias Sule tandemi so‘nggi bir necha o‘yinlarda jamoa uchun g‘alaba keltirib, murabbiyning ishonchini to‘liq oqlamoqda.

Eldorning “Roma”dagi faoliyatining keskin yaxshilanishi, asosiy futbolchilardan biriga aylanishi bevosita Klaudio Ranyerining mehnatlari bilan bog‘liq ekanligi ham ma’lum. O‘tgan yili “Kalyari” klubida boshlangan Ranyeri va Shomurodovning samarali hamkorligi afsuski, bu mavsum oxirida to‘xtaydi. Sababi – 73 yoshli mutaxassis mavsum yakunida o‘zining murabbiylik faoliyatiga nuqta qo‘yishini e’lon qilgan.

Hozirda “Roma” rahbariyati tajribali ustoz boshlagan ishlarni munosib tarzda davom ettira oladigan yangi murabbiy qidirish bilan ovora. Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, rimliklarni boshqarish uchun eng asosiy nomzod – “Komo” klubida murabbiylik qilib kelayotgan Sesk Fabregas hisoblanmoqda.

Fabregas futbolchilik davrida “Arsenal”, “Barselona”, “Chelsi”, “Monako” kabi grand jamoalarda to‘p surgan. Ispaniyalik yarim himoyachi klublar bilan bir qatorda Ispaniya milliy terma jamoasi safida ham muvaffaqiyat qozongan, jumladan 2010 yildagi jahon chempionati va ikki marta Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan.

Sesk futbolchilik faoliyatini 2023 yili “Komo” jamoasida yakunlab, o‘sha yerning o‘zida murabbiylikni boshladi. Yoshlar jamoasini boshqarganidan so‘ng, asosiy tarkibda yordamchi murabbiy, keyinchalik bosh murabbiyga aylandi. Fabregasning bu mavsumdagi murabbiylik faoliyati juda yuqori baholanmoqda. A Seriya debyutanti bo‘lgan “Komo”ni ishonchli tarzda yuqori divizionda saqlab qolib, ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi.

Rim klubi rahbarlari yana uch nafar mutaxassis – “Ayaks” ustozi Franchesko Farioli, “Jenoa” bosh murabbiyi Patrik Viyeyra va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida ishlayotgan Stefano Piolini ham nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Ular orasida kim tanlanishi hozircha noma’lum.

Aytish mumkinki, Eldor Shomurodovning kelgusi faoliyati ko‘p jihatdan yangi murabbiyning kim bo‘lishiga ham bog‘liq. Bu yilgi mavsumda o‘zining klub bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan hujumchimiz 2027 yilning yoziga qadar “Roma”da qoladi.

Joriy mavsumda Eldor Shomurodov A Seriya, Italiya kubogi va Yevropa ligasida jami 33 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ydi. Bu natijalar uning klubdagi nufuzini oshirib, asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 23:50, 29.04.2025.
O'qildi: 4514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.