Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Hindistonda arilar hujumi tufayli Superkubok o‘yini to‘xtatildi

Hindistonda arilar hujumi tufayli Superkubok o‘yini to‘xtatildi

Baho:
+ | -

Hindistonda futbol o‘yini paytida asalarilar galasi hujumi sababli o‘yin vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, turnirning 1/4 finalida “Inter Kashi” va “Mumbay Siti” klublari to‘qnash kelgan. O‘yinning 28-daqiqasida stadionda asalarilar galasi paydo bo‘lgan. Natijada o‘yin qisqa muddatga to‘xtatilgan. Biroq u davom ettirilishi bilanoq asalarilar qaytib kelib, muxlislar va hakamlar brigadasiga hujum qilgan.

Oqibatda futbolga kelgan muxlislar tezda tribunani tark etgan, hakamlar esa ho‘l sochiqlarni ensasiga tashlab, maysa ustiga yuztuban yotishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, o‘yin hakamlar sariq libosni qora libosga almashtirganidan keyingina boshlangan. Yakunda “Mumbay Siti” “Inter Kashi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Superkubok yarim finaliga yo‘l olgan.

2024 yil ob-havo sharoiti tufayli Germaniya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi 2024 yilgi Yevropa chempionati o‘yini to‘xtatilgan edi. Shuningdek, perulik 35 yoshli himoyachi futbol o‘yini vaqti yashin urishi oqibatida vafot etgandi. Fevral oyida esa Kolumbiyada futbol o‘yini davomida 4 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:36, 01.05.2025.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.