Londonning "Arsenal" klubi afsonaviy sobiq murabbiyi Arsen Venger jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlamadi.
"Kanonirlar" Chempionlar Ligasi yarim finalida "PSJ"ga umumiy hisobda 1:3 hisobida yutqazdi, ammo Artetaning so‘zlariga ko‘ra, bunday natija o‘yinlar manzarasini aks ettirmaydi.
"Umuman olganda, "PSJ" ikki o‘yinda yaxshiroq edi, deyish mumkin. "PSJ"da ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi, "Arsenal" real xavf tug‘dirmadi," - dedi Venger beIN Sports studiyasida.













