Kirish Ro'yxatdan o'tish

Donadoni: "Milan" jiddiy o‘zgarishlar ostonasida turibdi"

Donadoni: "Milan" jiddiy o‘zgarishlar ostonasida turibdi"

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining navbatdagi turida "Milan" "Bolonya"ga qarshi maydonga tushadi, bu hali ham yevrokuboklar zonasiga chiqish umididan voz kechmagan har ikki jamoa uchun muhim o‘yin bo‘ladi. Italiya kubogi finali yanada muhimroq bo‘ladi - aynan shu klublar kubok uchun maydonga chiqadi.

O‘z vaqtida "Milan" sharafini himoya qilgan va "Bolonya"ni boshqargan Roberto Donadoni bo‘lajak o‘yinlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu juda noodatiy holat, albatta, jamoalar mavsumning bu bosqichida ketma-ket ikki marta o‘zaro o‘ynashadi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishni istaydi, "Milan"ga bu hozir, omadsiz mavsum yakunida juda zarur. Ishonchim komilki, yozda rahbariyat jiddiy xulosalar chiqaradi," - deya Donadonining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Kiritildi: 18:23, 08.05.2025.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик