Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kevin de Bryuyne “Napoli”ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Kevin de Bryuyne “Napoli”ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+1 | -

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin va u Italiyaning “Napoli” klubiga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta futbolchining agentlari “Napoli”ning sport direktori Jovanni Manna bilan uchrashgan. De Bryuyne A Seriyada faoliyat olib borishga qiziqish bildirmoqda — bu qarorga unga Romelu Lukaku va Dris Mertensning tavsiyalari ta’sir ko‘rsatgan.

Kutilishicha, “Napoli” kelayotgan haftada Kevin de Bryuynega rasmiy yozma taklif yuboradi.

Kiritildi: 08:09, 09.05.2025.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик