Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Hakim Fuzaylov: “Vazifa — jamoani Superligada saqlab qolish”

Hakim Fuzaylov: “Vazifa — jamoani Superligada saqlab qolish”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining  9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Xorazm” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Urganchliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugungi bahsning juda qiyin kechishini bilgandik. “Navbahor” o‘tgan turda  safarda mag‘lubiyatga uchragandi va o‘z muxlislari qarshisida hujumkor o‘ynab, ijobiy natijaga harakat qilishi oldindan ma’lum edi. O‘yin jamoamiz uchun yaxshi boshlangandi, ammo xatolarga yo‘l qo‘ydik. Charchoq yig‘ilib qolganga o‘xshadi. Afsuski, ayni paytda tarkib bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor, ammo biz bu holatdan chiqib ketamiz. Jamoa yaxshi o‘ynamoqda, ammo xatolar ham yo‘q emas. Shunday ekan, “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Bugungi o‘yin uchun qanday vazifa qo‘yilgandi va shogirdlaringiz buni qanchalik uddalashdi?
— Bungacha yaxshi o‘ynagandik va to‘pni ko‘proq nazorat qilgandik. Ha, bizda vaziyatlar ham bo‘ldi, u har doim bo‘lgan. Biz to‘pni o‘zimizda nazorat qiladigan futbol o‘ynashga urinyapmiz. Afsuski, bugungi bellashuvda “Navbahor” ko‘proq to‘pga egalik qildi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinga kirishib keta olishmadi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Menimcha, bugun mavsumdagi eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Buni tahlil qilib chiqamiz.

— “Xorazm” oldingi o‘yinlarda tetikroq harakat qilgandi. “Nasaf” bilan bo‘lgan oldingi bahsda ham yomon ko‘rinmagandi. Bugungi o‘yinda esa yigitlar biroz toliqqandek ko‘rinishdi...
— Biz “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsda ko‘p kuch yo‘qotdik. Ehtimol, to‘liq tiklanishga ulgurmagandirmiz. Nima bo‘lganda ham, raqibning hujumlariga hujum bilan javob berishga harakat qildik. Ammo, yigitlar bugun sustroq ko‘rinishdi. Bu o‘rta chiziq va hujumda sezildi. Shu bois, yakunda mag‘lubiyatga uchradik.

Tarkibga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan yosh yigitlar bor. Ular futbolni sog‘inib qolishgan, deb o‘ylayman. Rotasiyalar qilamiz.

— Bugungi o‘yinda Sunnatillo Abdullajonov va Murod Bobojonovning zaxirada qoldirilishgani sababi nimada? Ular bilan ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirmoqchimidingiz?
— Ha, shuni rejalashtirib, ularning hisobiga o‘yinni kuchaytirish maqsadimiz bor edi.

— Joriy mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
— Vazifa hali ham bitta. “Xorazm” 15 yil O‘zbekiston oliy ligasida o‘ynamadi. Vazifa jamoani Superligada saqlab qolish.

— Jamoa tarkibidan qoniqyapsizmi? Ikkinchi davrada tarkib kuchaytiriladimi?
— Har qanday murabbiy doim unga kimdir yetishmayotganini aytadi. Shunday bo‘lgan, bunday keyin ham bo‘ladi. Superligada o‘ynashimizni ancha kech bildik. Albatta, tarkibimizni kuchaytiramiz. Agar chempionat va O‘zbekiston kubogi doirasida shunday bahslar bo‘lib tursa, o‘yindan o‘yinga yaxshi o‘tish uchun teng zaxira kerak.

— Tarkibga  yosh futbolchilarni jalb qilish bo‘yicha nima deya olasiz?
— O‘rinbosarlar tarkibimiz butun Xorazm viloyatidan yig‘ilgan yigitlardan tashkil topgan. Ular juda ham yosh. Ammo, ularga Superligada o‘ynash uchun vaqt kerak. Hatto ularning ko‘pi Pro liga darajasiga ham o‘tishmadi. Kimdir Birinchi ligada o‘ynagan.

— Chempionat favoriti kim deb o‘ylaysiz?
— Aytish qiyin. Ammo, hozirda jamoalar guruhi aniq bo‘ldi. Bu har turda kambeklar qilayotgan OKMK. Mirjalol Qosimovda juda yaxshi yoshlar bor. “Bunyodkor” bor. Hisobdan chiqarib bo‘lmaydigan “Nasaf”dek ajoyib jamoa bor. Bir murabbiy ushbu jamoada uzoq yillar davomida ishlamoqda. “Paxtakor”, “Navbahor” va hatto “Dinamo”ni ham hisobdan chiqarish kerak emas. Bir guruh jamoalar. Chempionat qiziqarli va juda qiyin bo‘ladi. Ikkalasi ham birdek. Hozirda kimnidir ajratib, chempion bo‘ladi, deb aytish juda qiyin.

— Nima deb o‘ylaysiz, “Xorazm” joriy yilda nechanchi o‘rinni band etishi mumkin?
— Bashorat qilmayman. Bizning birinchi darajali maqsadimiz — jamoani Superligada saqlab qolish. Umuman olganda, 8 ta tur o‘tkazdik. Bugun “Navbahor”ga yutqazdik. 7 ta turda esa hech kimga o‘yin borasida yutqazmadik. Hatto ayrim bahslarda chempionat favoritlari bilan bir xil o‘ynadik va hatto o‘z vaqti bilan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdik. Shu sababli,qaysi o‘rinni egallashimizni aytish qiyin. Hozircha jamoani Superligada saqlab qolmoqchimiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:07, 12.05.2025.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.