"Benfika" yarim himoyachisi Anxel di Mariya yozda jamoasini o‘zgartiradi.
Argentinalik futbolchi tez orada erkin agentga aylanadi - u iyun oyida bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "burgutlar" safida o‘ynamaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda. 37 yoshli futbolchi Portugaliya chempionati so‘nggi turidan o‘rin olgan "Benfika" - "Braga" (1:1) o‘yinidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan xayrlashdi.
Anxel di Mariya joriy mavsumda 39 ta bahsda 15 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













