"Milan" Italiya chempionatining 37-turida safarda "Roma"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:3).
Ushbu mag‘lubiyat milanliklarga 2019 yildan beri ilk bor yevrokuboklarda ishtirok etish kafolatini bermadi. Italiya klubi 2020/21 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Chempionlar Ligasini o‘tkazib yuboradi.
"Milan" so‘nggi tur oldidan 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Serjiu Konseysau jamoasi yettinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.













