"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ronaldinyo jamoaning joriy mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi.
“Barselona” yana bir bor quvonish uchun sababga aylandi. Jamoaning g‘alaba qozonishi g‘urur manbaidir. Qiyin yillardan keyin klub yana quvonishi mumkin", - deya Ronaldinyo so‘zlarini keltiradi Marca.
"Barselona" muddatidan avval Ispaniyada chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ronaldinyo 2003 yildan 2008 yilgacha "Barselona" safida to‘p tepgan. Bu vaqt ichida u ikki marta La Ligada g‘olib chiqqan va ikki marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.













