Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

APL grandlari Rodrigo variantidan voz kechdi

APL grandlari Rodrigo variantidan voz kechdi

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigoga Angliyada xaridorlar yetarli, ammo da’vogarlardan biri uning nomzodidan voz kechishga qaror qilgan.

Braziliyalik futbolchiga "Arsenal," "Chelsi" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirgan. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, "Liverpul" kurashdan chiqib ketgan. "Ko‘klar" ham 24 yoshli futbolchini asosiy maqsad sifatida ko‘rmayapti, "kanonirlar" esa hamon transfer masalasini jiddiy o‘rganmoqda.

Rodrigo yozda sotib yuborilishi mumkin, chunki u "qaymoqranglilar" safida Kilian Mbappe va Vinisius Junior borligi sababli doimiy o‘yin amaliyotiga umid qila olmaydi. Transfermarkt portali mutaxassislari "Santos" tarbiyalanuvchisining narxini 100 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:53, 25.05.2025.
O'qildi: 3518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик