Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Doniyor Abdumannopov: «Superkubokda maksimal darajada maydonda bor kuchimizni sarflaymiz»

Doniyor Abdumannopov: «Superkubokda maksimal darajada maydonda bor kuchimizni sarflaymiz»

Baho:
+ | -

«Andijon» Superliganing 11-turida o‘z maydonida «Surxon»ni qabul qildi va irodali tarzda 2:1 hisobi bilan raqibidan ustun keldi.

Ushbu uchrashuvda Doniyor Abdumannopov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va u ajoyib tarzda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Oldinda esa «Andijon»ni 27 may sanasida O‘zbekiston Superkubogi doirasida «Nasaf»ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda.

Jamoaning yetakchilaridan biri Doniyor Abdumannopov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

— «Andijon» «Surxon»ga qarshi uchrashuvda muxlislarini quvontira oldi. Ushbu bahs haqida fikringiz qanday?

— Qiyin o‘yin o‘tkazdik. «Surxon» yaxshi jamoa va yaxshi harakat qildi. Uchrashuvda ancha qiynaldik. Birinchi taymda bir qator epizodlarda boy berdik. Goldan keyin biroz ruhiy tushkunlik bo‘ldi. Birinchi taymdan so‘ng tanaffus chog‘ida murabbiydan kerakli ko‘rsatmalarni oldik, o‘yin o‘zgardi. Xudoga shukr, qiyin vaziyatdan chiqib ketdik va g‘alaba qozondik. G‘alabani ko‘pchilik kutgandi, o‘zimiz ham. Bungacha ham harakat qildik, biroq o‘xshamadi. Shu bois mag‘lubiyatlarga uchradik. Bu safar esa yutdik, Xudoga shukr, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Yutadigan paytimiz kelgandi. Bu cho‘zilib ketgandi. Ishqibozlarimizga doim bizni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat.

— Jamoamiz uchun uchrashuv noqulay boshlandi va dastlabki daqiqalarda gol o‘tkazdi. Nima uchun bunday boshlandi, deb o‘ylaysiz?

— O‘yinga qo‘shilib, moslashguningizga qadar biroz tushunarsiz bo‘ladi. Moslashganingizdan keyin bir xil temda bo‘ladi. Shungacha bo‘lgan vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Natijada biroz ruhiy tushkunlik bo‘ldi.

— Ikkinchi taymni jamoa ajoyib boshladi va birin-ketin ikkita gol urdi. Tanaffusdan so‘ng mana shunday burilishni qanchalik kutgandingiz?

— Birinchi taymdan keyin barcha yigitlar bilan o‘zimizni qo‘limizdaligini bilib, Qanaqa vaziyatdaligimizni tushunib turgandik. Orqaga yo‘l yo‘q, yo‘qotadigan narsamiz qolmagandi, faqat yutish kerak edi. Jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqish lozim edi. Shunga yarasha harakat qildik va Xudoim ham berdi.

— Chiroyli golingizga qanday ta’rif bergan berasiz?

— Kuzatgan bo‘lsangiz, undan oldingi uchrashuvlarda ham darvozalarga ko‘p zarba berdim. Darvoza ustunlariga to‘p tegayotgandi. Bu safar gol urdim. O‘zimga ham yoqdi.

— Chiroyli gollaringiz orasida nechanchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardingiz?

— Bunisini bilmadim. Bundan chiroyli gollar urishga harakat qilaman.

— Oldinda 27 may kuni «Andijon»ni «Nasaf»ga qarshi Superkubok o‘yini kutib turibdi. Bo‘lajak jiddiy uchrashuv oldidan nima deya olasiz?

— Yana Superkubokda o‘ynaymizmi-yo‘qmi, Xudo biladi. Maksimal darajada maydonda bor kuchimizni sarflaymiz. Ortga yo‘l yo‘q. Maydonga chiqib, jonimizni beramiz. Qolgani Xudodan. Bizda yaxshi kollektiv bor. Hamma narsa zo‘r. Tiklanishni bajaramiz. Maydonga chiqamiz, g‘alaba uchun oxirigacha kurashamiz. Boshqa variant ko‘rmayapman. Muhimi, bizda ishonch bor, Xudo xohlasa, yutamiz!

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:38, 25.05.2025.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.