Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lamin Yamal: "O‘ninchi raqam haqida hatto o‘ylab ko‘rganim yo‘q"

Lamin Yamal: "O‘ninchi raqam haqida hatto o‘ylab ko‘rganim yo‘q"

Baho:
+ | -

"Barselona" kelasi mavsumdan vinger Lamin Yamalni o‘ninchi raqam ostida o‘ynatmoqchi.

Seshanba kuni klub 17 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi - yangi kelishuv 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Shuningdek, "Barsa" Yamalga hozirda Ansu Fati o‘ynayotgan 10-raqamni taklif qilgan.

"Ansu klubda ekan, men hatto o‘ninchi raqam haqida o‘ylamayman. U mening do‘stim," - deya 19-raqamda o‘ynayotgan Yamalning javobini keltiradi El Pais.

Aniq ma’lumotlarga qaraganda, Ansu Fati "Monako"ga o‘tishga yaqin turibdi, demak, Lamin baribir afsonaviy Lionel Messiga tegishli bo‘lgan "o‘nlik"ni oladigan ko‘rinadi.

Kiritildi: 05:00, 28.05.2025.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик