Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Timur Kapadze: «Endi xalqimiz bemalol muzqaymoq yeyishi mumkin!»

Timur Kapadze: «Endi xalqimiz bemalol muzqaymoq yeyishi mumkin!»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Timur Kapadze BAAga qarshi o‘yindan keyin o‘zining hissiyotlari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Hudoga ming bor shukur, juda uzoq va og‘ir yo‘l bosib, muhim natijani qo‘lga kiritdik. Bu natija uchun juda ko‘p mehnat qilindi, xalqimizni, Yurtboshimizni samimiy qutlayman. Bu faqat bizniki emas, butun xalqimiz g‘alabasi. Kechadan beri telefonimiz tingani yo‘q, muxlislar va yaqinlarimiz bizga doimiy qo‘llab-quvvatlashlarini va duoda ekanliklarini bildirib turishdi. Ana shu qo‘llab-quvvatlash va duolar bizga katta ishtiyoq, kuch bag‘ishladi. Futbolchilarimiz har bir uchrashuvda iroda ko‘rsatib, bor kuchi bilan harakat qilishdi va natijaga erishdik. Barchamizga bu kun muborak bo‘lsin! Bizga avval ham ozgina narsa yetmay qolar edi, ayniqsa «muzqaymoq yeyish» istagimiz bo‘lardi. Endi biz Jahon chempionatiga chiqdik va xalqimiz bemalol muzqaymoq yeyishi mumkin.

— Sizningcha, Olimpiadaga chiqqaningizdagi bosim kattaroq bo‘lganmi yoki bugungisi?
— Baribir Olimpiya terma jamoasi milliy termadan bir pog‘ona pastroq hisoblanadi. Lekin o‘sha paytdagi bosim ham katta edi. Ammo milliy terma jamoa – mamlakatning asosiy jamoasi, shuning uchun mas’uliyat darajasi ham yuqori.

— Terma jamoani shunday qiyin vaziyatda qabul qilib olishning o‘zi katta tavakkalchilik emasmidi?
— Hammasi peshonada bor ekan, shu kun menga ham nasib qilibdi. Bunga ming bor shukr qilaman. Olimpiada yo‘llanmasini olganimizda ham o‘z yo‘limdan, o‘z qarashlarimdan chekinmagan edim.

— Endi Toshkentdagi Qatar bilan o‘yin katta bayramga aylansa kerak?
— Albatta, bu o‘yinga ham munosib tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Shu paytgacha kam maydonga tushgan futbolchilarga imkon berishni rejalashtirayapsizmi?
— Buni o‘ylab ko‘ramiz, jamoaning umumiy kayfiyati va ruhiyatiga qaraymiz. Hozir aniq javob berish qiyin. Chunki futbolchilardagi hozirgi his-tuyg‘ular juda yuqori, bu esa vaziyatni to‘g‘ri baholashga xalal berishi mumkin. Bir-ikki kundan so‘ng buni yaxshiroq o‘ylab, qaror qabul qilamiz.

— Hozir sizning shaxsiy zimmangizdagi mas’uliyatdan qanchasi yengillashdi deb o‘ylaysiz?
— Biz katta bosimni yengib o‘tdik. O‘yin oldidan muxlislar, sport saytlari va ekspertlarimiz jamoamizning g‘alabasiga ishonishini bildirib, bizdan yaxshi natija kutishgan edi. Bu ishonch biz uchun ham katta mas’uliyat va bosim bo‘ldi. Lekin ana shu bosimni yengib o‘tib, vazifani uddalashga muvaffaq bo‘ldik.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 08:26, 06.06.2025.
O'qildi: 4396 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.