Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yevrokuboklarda ishtirok etadigan APLning 9 jamoasi Angliya Liga kubogining dastlabki 2 saralash bosqichidan ozod etildi

Yevrokuboklarda ishtirok etadigan APLning 9 jamoasi Angliya Liga kubogining dastlabki 2 saralash bosqichidan ozod etildi

Baho:
+ | -

Kelasi mavsumda Angliya Liga kubogida 2011/2012 yilgi mavsumdan beri ilk bor saralash (oldingi) bosqich o‘tkaziladi. Bu haqda EFL'ning rasmiy sayti xabar berdi.

Musobaqa reglamentining o‘zgarishiga sabab — Angliya Premyer-ligasining to‘qqizta klubi kelasi mavsum yevropa musobaqalarida ishtirok etishi bilan bog‘liq. Shu tufayli saralash bosqichida to‘rtta jamoa o‘ynaydi, birinchi va ikkinchi bosqichlarda esa ishtirokchi jamoalar soni oldingi mavsumlardagidan kamroq bo‘ladi. UYEFA musobaqalarida qatnashadigan APL klublari Liga kubogidagi ishtirokini uchinchi bosqichdan boshlaydi.

Saralash bosqichida Milliy ligada (beshinchi divizion) yuqori o‘rinlarni egallab Ikkinchi ligaga (to‘rtinchi divizion) chiqqan ikki jamoa — «Barnet» va «Oldxem Atletik», shuningdek, Ikkinchi ligada 21 va 22-o‘rinlarni egallagan klublar — «Akkrington Stenli» va «Nyuport Kaunti» qatnashadi.

Angliya liga kubogi musobaqasining amaldagi chempioni «Nyukasl Yunayted» hisoblanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:38, 13.06.2025.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик