Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Lids" "Manchester Siti" himoyachisini ijaraga olmoqchi

"Lids" "Manchester Siti" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

Chempionshipda g‘olib chiqqan "Lids" bosh murabbiyi Daniel Farke yaqin transferlar davrida tarkibni kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni damda uni ko‘proq mudofaa chizig‘i tashvishga solmoqda.

O‘tgan mavsumda "Lids" 30 ta gol o‘tkazib yuborgandi, bu "Byornli"dan deyarli 2 barobar ko‘p. "Lids" bilan bog‘lanayotgan futbolchilardan biri 19 yoshli Syerra-Leone terma jamoasi va "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Juma Ba hisoblanadi. "Lids" Bani ijaraga olmoqchi, deb xabar beradi Africa Foot.

O‘tgan mavsumda Ba "Lans" safida ijarada o‘ynadi va barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi, 4 ta ogohlantirish oldi. Uning narxi 6 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 17:07, 15.06.2025.
O'qildi: 1916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик