Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ten Xag "Bayer" futbolchisini jamoada saqlab qolmoqchi

Ten Xag "Bayer" futbolchisini jamoada saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

Erik ten Xag Patrik Shikni "Bayer"da saqlab qolmoqchi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, forvardga ko‘plab takliflar tushgan, jumladan, Premyer-liga va A Seriya klublaridan. Shuningdek, Shik yaqinda Saudiya Arabistoni chempionatidagi jamoalardan biriga o‘tishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, Shikka qiziqish bo‘lishiga qaramay, chexiyalik hujumchi "Bayer"da qolishi ehtimoli katta. Bu holatda shartnomani uzaytirish ham mumkin - amaldagi kelishuv 2027 yilda tugaydi.

O‘tgan mavsumda Shik Bundesliganing 31 o‘yinida 21 ta gol urdi.

Kiritildi: 21:30, 15.06.2025.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик