Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

"MYU" Zirkzee va Xyoylunddan qaysi biri jamoada qolishini aniqlab oldi

"MYU" Zirkzee va Xyoylunddan qaysi biri jamoada qolishini aniqlab oldi

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee keyingi mavsumda ham "Manchester Yunayted"da qoladi, deb xabar beradi Corriera Della Sport.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" Zirkzeeni saqlab qolishga qaror qilgan. Mankunianliklar joriy transferlar davrida daniyalik Rasmus Xyoylund bilan xayrlashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Joshua "Manchester Yunayted"ga o‘tgan yilning yozida "Bolonya"dan ko‘chib o‘tgan edi. U ingliz grandi bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

O‘tgan mavsumda niderlandiyalik "qizil iblislar" safida 49 ta o‘yin o‘tkazdi. Zirkzee yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:22, 16.06.2025.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик