Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ning Luis Diasdan hafsalasi pir bo‘ldi

"Barselona"ning Luis Diasdan hafsalasi pir bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" Luis Diasning xatti-harakatlaridan norozi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" vinger va uning agenti "Liverpul" rahbariyatiga kataloniyaliklar va "mersisaydliklar" ishtirokidagi muzokaralarni boshlash uchun qulay sharoit yaratish uchun bosim o‘tkazishiga umid qilishgan. Biroq, Kolumbiya vakili kutish uslubini qo‘lladi va bundan ispan jamoasi rahbarlarining hafsalasi pir bo‘ldi.

"Barselona" o‘tgan yilgi Niko Uilyams ("Atletik") bilan vaziyat takrorlanmasligi uchun Diasning transferi masalasini imkon qadar tezroq hal qilmoqchi.

Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati "sabrini yo‘qota boshlagan".

Kiritildi: 23:27, 17.06.2025.
O'qildi: 3696 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик