Mourinyo "Formula-1"ning ikki karra chempioni Alonsoga ruhan yaqin ekanini ma’lum qildi.
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Buyuk Britaniya Gran-prisida mehmon bo‘ldi va "Aston Martin" a’zosi Fernando Alonsoning xususiyatlari haqida gapirdi.
"Men samaradorlik, sifat, tajriba, ehtiros va o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat haqida mulohaza yuritishni yoqtiraman.
Shu sababli men o‘zimni Fernando Alonso bilan uyg‘un deb bilaman," - dedi portugaliyalik mutaxassis.













