"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "PSJ"ga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat olgan Jamol Musiala haqida fikr bildirdi.
"Ko‘rinishi yomon edi. Tekshiruv natijasida og‘ir jarohat aniqlanmaydi deb umid qilaman. Jamolga so‘nggi bir necha oyda qiyin bo‘ldi, u ko‘p ishladi. Hammamiz u bilan ajoyib munosabatdamiz, biz robot emasmiz. Og‘ir lahza. Faqat barmoqlarni chalishtirish va eng yaxshisiga umid qilish qoldi," - dedi "Bavariya" safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan Myuller o‘yindan keyingi intervyusida.













