Angliyaning "Uotford" klubi matbuot xizmati akademiyaning 12 nafar futbolchisi bilan ilk professional shartnomalar imzolangani haqida xabar berdi.
Umumiy sonlar orasida Ukraina terma jamoasining afsonaviy futbolchisi va UFA prezidenti Andrey Shevchenkoning o‘g‘li – Kristian Shevchenko ham bor.
Tomonlar “1+1” sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolashdi.
O‘tgan mavsumda Ukraina yoshlar terma jamoasi futbolchisi (U19) "Uotford" akademiyasi safida 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













