Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" yetakchisi "Chelsi"ga o‘tish uchun klub safida o‘ynashdan bosh tortdi

"Ayaks" yetakchisi "Chelsi"ga o‘tish uchun klub safida o‘ynashdan bosh tortdi

Baho:
+2 | -

Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Yorrel Xato "Chelsi"ga o‘tmoqchi. 19 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan va amsterdamliklarning mag‘lubiyati (0:3) bilan yakunlangan Italiyaning "Komo" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi qaydnomasiga kiritmaslikni so‘ragan.

Transfer News Live nashrining Niderlandiya matbuotiga tayanib xabar berishicha, futbolchi jarohat olib, "Chelsi"ga transferi barbod bo‘lishidan xavotirda, shu bois muzokaralar yakunlanmaguncha maydonga tushishni istamayapti.

London grandi allaqachon Xatoning o‘zi bilan kelishib bo‘lgan, ammo "Ayaks" bilan transfer shartlarini kelishib olgani yo‘q. Bitim qiymati 40 mln yevrodan oshishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 08:23, 28.07.2025.
O'qildi: 1092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик