"Xorazm" himoyachisi Doston Tursunov legionerga aylanadi.
Tajribali himoyachiga Eron klublaridan takliflar bor edi. Lekin u Eronga borishni istamadi. Futbolchi Gongkong klubiga o‘tishga qaror qildi.
Uning yangi jamoasi Li Man bo‘ladi.
30 yoshli Tursunov yangi jamoasida yilga taxminan 300 ming dollar ishlab topadi.













