Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Messiga taklif qilinadigan shartnomaning muhim bandi ma’lum qilindi

Messiga taklif qilinadigan shartnomaning muhim bandi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" asosiy yulduzi - Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Marca xabariga ko‘ra, MLS klubi Messiga uch yillik yoki undan ham uzoqroq muddatga shartnoma taklifini muhokama qilmoqda.

Ammo muhim nyuans bor - shartnomada shunday band yoziladiki, unga ko‘ra Messi istalgan vaqtda faoliyatini yakunlay oladi. Bu band argentinalik futbolchiga o‘ynashga kuchi va/yoki xohishi bo‘lmaganida futbolchilik faoliyatini yakunlash imkonini beradi. Shundan so‘ng Leo klubda boshqa ishda qolishi mumkin bo‘ladi. Qayd etilishicha, Messi "Inter Mayami" aksiyalari egasi hisoblanadi - bu 2023 yil yozida tuzilgan dastlabki shartnomada ko‘rsatilgan edi.

Xullas, Messi 2028 yil oxirigacha shartnoma imzolagan taqdirda ham, shuncha vaqt futbol o‘ynashi aniq emas. Hozir Leo 38 yoshda.

Kiritildi: 07:51, 02.08.2025.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик