"Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi Pau Kubarsi jamoaning kamchiliklari haqida gapirdi.
"Yaxshiroq himoyalanish kerakmi? Bizning vazifamiz - o‘yinlarda davomli ishonchli harakat qilish. O‘tgan mavsumda bizga shu narsa yetishmadi. Biz hali ham o‘z yo‘limizning boshida turibmiz, shuning uchun yaxshilanish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud," - deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.













