Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" de Xea sharafiga kichik tadbir uyushtirdi (foto)

"MYU" de Xea sharafiga kichik tadbir uyushtirdi (foto)

Baho:
+ | -

2023 yilda David de Xea klubdagi o‘n ikki mavsumdan so‘ng "Manchester Yunayted"ni tark etdi. "Qizil iblislar" o‘shanda darvozabon bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgandi. Mankunianliklar safini tark etganidan so‘ng, de Xea "Fiorentina" bilan mehnat shartnomasini imzolashdan oldin bir yilni jamoasiz o‘tkazdi.

Hozirda "Manchester Yunayted" va "Fiorentina" o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqda (tanaffus - 1:1). O‘yin boshlanishidan oldin "Old Trafford"da de Xea sharafiga tadbir uyushtirildi. Jamoa sardori Brunu Fernandeshning qo‘lidan 34 yoshli de Xea esdalik suratini qabul qilib oldi.

David de Xea "Manchester Yunayted" safida 545 ta o‘yinda 590 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 17:42, 09.08.2025.
O'qildi: 1631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик