Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Reshford: “Barselona" bu mavsum ham barcha sovrinlar uchun kurashadi”

Reshford: “Barselona" bu mavsum ham barcha sovrinlar uchun kurashadi”

Baho:
+ | -

“Barselona”ning angliyalik futbolchisi Markus Reshford jamoasining chempionlik imkoniyati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda zafar quchishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

“Barselona” bu mavsumni sovrinsiz yakunlashi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Jamoada bunga erishish uchun poydevor bor.  Agar ular o‘tgan mavsum trebl (uchta sovrin) qayd etishni uddalagan bo‘lsa, bu safar ham barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatimiz bor. Kayfiyat ham, motivasiya ham yuqori", — deya Reshfordning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”dan “Barselona”ga ijara asosida qo‘shilgan edi. U Ispaniya La Ligasining 1-turida zaxiradan maydonga tushib, o‘zining rasmiy debyutini o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub asosiy jamoasi safida 426 ta o‘yinda maydonga tushib, 138 ta gol va 78 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:40, 19.08.2025.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик