Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Real" Braimning yangi shartnomasini yaqin oylarda e’lon qiladi

"Real" Braimning yangi shartnomasini yaqin oylarda e’lon qiladi

Baho:
+ | -

Braim Dias va "Real" yangi shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olishdi.

Marokash terma jamoasining 26 yoshli hujumkor yarim himoyachisining "Madrid" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, tomonlar allaqachon uzoq muddatli kelishuvga erishgan va bu haqda yaqin oylarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilishi aytilgan edi.

ESPN xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xabi Alonso yozda "Real"ni boshqarishdan oldin Braimga qo‘ng‘iroq qilib, futbolchining jamoadagi o‘rni va unga nisbatan rejalari haqida gapirgan. Xabi futbolchiga ishonch bildirdi va Braym "Real"ning yangi murabbiyi bilan suhbatdan juda mamnun bo‘ldi.

Dias yozda ham, o‘tgan yili ham Yevropaning bir qator klublaridan taklif bo‘lganiga qaramay, "Real"da qolish istagini bildirgan. ESPN xabariga ko‘ra, "PSJ" 2024 yilda Braimga qiziqish bildirgan jamoalardan biri edi.

O‘tgan mavsumda Dias "Real" safida 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:54, 22.08.2025.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик