"Milan" ustozi Massimiliano Allegri A Seriya boshlanayotgan mavsumida chempionlik uchun favoritlarni sanab o‘tdi.
"Avvalgi chempionatda g‘olib bo‘lgan jamoa odatda yangi mavsumning favoriti hisoblanadi. "Inter", "Roma", "Fiorentina", "Yuventus" - bularning barchasi juda kuchli klublar. Dastlabki to‘rtta o‘rin uchun ko‘plab da’vogarlar bor - ular orasida biz ham bormiz," - deya Allegrining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.













