Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bu yo‘lda Qatarning imkoniyatlari pasayadi

Bu yo‘lda Qatarning imkoniyatlari pasayadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2029 yilgi KO‘JCH yozda bo‘lib o‘tadi, FIFA 48 jamoani istamaydi va saralash pley-offini rejalashtirmoqda.

FIFA qit’a konfederasiyalariga navbatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2029 yilning yozida o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Guardian.

Bu qaror katta ehtimol bilan Qatarning turnir mezbonligi uchun arizasini avtomatik ravishda rad etishiga olib keladi. Qayd etilishicha, uni tashkil etish uchun Ispaniya va Marokash ariza berishi mumkin.

Jahon chempionatini qishda emas, yozda o‘tkazish orqali FIFA Yevropa ligalariga qulaylik yaratmoqchi. Ammo Qatar ob-havosi bunga mos emas.

Shuningdek, FIFA konfederasiyalarga 2029 yilgi turnirda bu yilgidan ko‘proq jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi. AQSHdagi turnirda 32 ta jamoa ishtirok etdi va “Chelsi” 85 million funt mukofot puliga ega bo‘lib, g‘olib bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, klublarning o‘zlari turnir ishtirokchilari sonini 48 ta jamoaga yetkazishdan manfaatdor. Biroq, bu raqam 2029 yilgi turnir uchun kafolatlanmagan.

FIFA turnirda ishtirok etish huquqi uchun saralash pley-off o‘yinlarini o‘tkazish orqali ishtirokchilar sonini kengaytirish variantini o‘rganmoqda. Xalqaro federasiyaning fikricha, bunday o‘yinlar raqobatga ko‘proq e’tiborni jalb qilishi va televideniye huquqlari narxini oshirishi mumkin.

Kiritildi: 09:49, 26.08.2025.
O'qildi: 1863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.