"Anje"ning 25 yoshli markaziy hujumchisi Esteban Lepol "Renn"ga o‘tishi mumkin.
Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
“Lion” tarbiyalanuvchisi avvalroq “Epinal” va “Orlean” jamoalarida o‘ynadi. O‘tgan yilning yanvar oyida u "Orlean"dan "Anje"ga 150 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
"Anje" uchun barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazgan Lepol 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













