"Real" Ispaniya chempionatining 3-turida o‘z maydonida "Malyorka"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Vedat Murikaning goliga mezbonlar Arda Gyuler va Vinisius Juniorning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Shu bilan birga, VAR madridliklarning gollarini uch marta bekor qildi: ikki marta ofsayd tufayli Kilian Mbappening gollari bekor qilindi, yana bir marta - Arda Gyulerning goli qo‘l bilan o‘ynagani uchun.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Real" ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va keyingi turda 13 avgust kuni "Real Sosyedad"ga qarshi maydonga tushadi.













