Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Alexandro Garnacho «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi

Alexandro Garnacho «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Argentinalik vinger Alexandro Garnacho klubdagi besh yillik faoliyatidan so‘ng «Manchester Yunayted» bilan xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi «Chelsi» bilan shartnoma imzoladi. Bitim 2032 yilga qadar amal qiladi.

«Yoddan chiqmas besh yildan so‘ng hayotimning bu maxsus bosqichi yakunlanmoqda. Biz birga hech qachon unutilmaydigan lahzalar yaratdik va men buning uchun juda minnatdorman. Menga ishongan murabbiylarga, klub xodimlariga va jamoadoshlarimga rahmat. Har gal bu emblemani kiyganimda, maydonda borimni berdim. Biz birgalikda erishgan yutuqlardan faxrlanib ketmoqdaman va oldinda meni kutgan yangi sahifalarni sabrsizlik bilan kutayapman. Klubga kelajakda faqat omad tilayman, o‘zim esa yangi karyeram uchun bor kuchimni berishga tayyorman», — deya Garnachoning so‘zlarini «Manchester Yunayted»ning rasmiy sayti keltirdi.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Garnachoning «Chelsi»ga transferi taxminan 40 million funtni (46 million yevrodan ko‘proq) tashkil etgan.

Garnacho — «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa safida 144 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma berdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:12, 02.09.2025.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик