Brayan Mbemo "Manchester Yunayted"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli hujumchi avgust oyi yakunlariga ko‘ra, muxlislar ovoz berishida g‘alaba qozonib, sovrinni qo‘lga kiritdi. U himoyachilar Matteys de Ligt va Leni Yoroni ortda qoldirdi.
Mbeumo "Manchester Yunayted"ga yozda "Brentford"dan 65+6 mln funt evaziga o‘tgandi. Avgust oyida u 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.













