Italiya terma jamoasi hujumchisi Mateo Retegi o‘ziga xos natijaga erishdi. 26 yoshli futbolchi JCH-2026 saralashida Isroilga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Opta xabariga ko‘ra, Retegi "adzurrilar" uchun bitta o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
“Al-Qodisiya” hujumchisi Moyze Kinga ikki marta gol urishga yordam bergan bo‘lsa, Matteo Politano “Atalanta”ning sobiq yulduzining uzatmasidan so‘ng yana bir golga mualliflik qildi.













