Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Otabek Narzullayev: "Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi"

Otabek Narzullayev: "Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Sho‘rtan" (2:1) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- Bu o‘yin biz uchun juda muhim edi. Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi. Ham derbi maqomida kechgani bilan qiziq bo‘ldi. Qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan barcha muborakliklarni tabriklayman.

- Ikkala taymda ikki xil "Mash’al"ni ko‘rdik.

- Bu - futbol va futbolda har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Birinchi taym 2:0 hisobida oldinda borib biroz erkinlikka berildik. Esingizda bo‘lsa, "Dinamo" bilan ham shunday bo‘lgandi va o‘shanda 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandik. Yakunda esa g‘alaba qozona olmagandik. Bugun ham shunday voqea takrorlanmasligi uchun diqqatni yo‘qotmaslikka harakat qildik.

- "Sho‘rtan"ga necha baho qo‘ygan bo‘lardingiz?

- G‘uzorliklarda ham yaxshi jamoa va yaxshi yoshlar bor. Ular ham yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Turnir jadvalining pastki o‘rindaligi hech nimani anglatmaydi. Futbol o‘ynagan jamoa borki baribir xato qiladi.

- Raqib siz kutgan futbolni namoyish etdimi?

- Biz "Sho‘rtan" bor kuchini berib harakat qilishini bilardik. Shunga yarasha yigitlarga agressiv futbol namoyish etish va ko‘proq pressing qilishni uqtirgandik. Asosiysi yutib oldik. Lekin baribir kamchiliklar bor va bular ustida ishlaymiz. Vazifamiz Superligada o‘z o‘rnimizni saqlab qolish.

- Xumoyun Murtazoyevning hozirgi holati qanday?

- "So‘g‘diyona" bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Xumoyun Murtazoyev, Sardor Abduraimov va Dmitriy Yashinda yengil jarohat bo‘lgani bois maydonga tushirmagandik. Ularni bugungi bellashuv uchun asragandik. Hozir esa bu futbolchilarimizning holati yaxshi.

- Hakamlik haqida fikringiz?

- 2016-2017 yoki undan oldingi davr futboli paytida safarga borganda qo‘rqib turardik. Jamoalar ayniqsa hakamlikdan cho‘chirdi. Hozir esa yaxshiki vaziyat o‘zgardi. Hozir jamoangiz kuchli bo‘lsa uyda ham, safarda ham yuta oladi. Hakamlik bizda yangi darajaga chiqdi. Qolaversa VAR paydo bo‘ldi.

- Agar "Mash’al" uy uchrashuvlarini Muborakda o‘tkazib kelganida ochkolar soni hozirgidan ko‘proq bo‘larmidi?

- Menimcha, ha. Chunki bejizga uyda devorlar ham yordam beradi deyishmaydi. Uyda o‘ynash baribir boshqacha. Futbolchilar ham o‘zlarini ancha zo‘r his qiladi. To‘g‘ri, stadion bo‘yicha kamchiliklar bor, vaqti kelib hammasi barham topadi degan umiddaman.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 22:28, 11.09.2025.
O'qildi: 442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик