OCHL-2 turniri 1-turida “Arkadag”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” Superliga 21-turini o‘tkazib yuboradi.
Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, “burgutlar” Pro-liga ishtirokchisi “FarDU”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Bahs 2:1 hisobida farg‘onaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “FarDU”ning har ikkala goli Samandar O‘rinboyev hisobiga yozildi.













