Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bellingem sentyabrda maydonga qaytishni istamoqda, «Real» esa shoshmayapti

Bellingem sentyabrda maydonga qaytishni istamoqda, «Real» esa shoshmayapti

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem bu oyning o‘zida maydonga qaytishni xohlamoqda.

Iyul oyi o‘rtalarida angliyalik futbolchi yelkasidan operasiya qildirgan edi – u 2023 yil noyabridan buyon ushbu muammo bilan o‘ynayotgandi. Bellingemning to‘liq tiklanishi 10–12 hafta davom etishi aytilgan.

The Athletic ma’lumoticha, Bellingem shu hafta jamoa bilan qisman mashg‘ulot o‘tkazdi va shu oyda o‘yinga qaytishga umid qilmoqda. Biroq klub ungacha shoshilmasdan, oktyabrgacha kutish tarafdori.

Shuningdek, Eduardo Kamavinga ham 13 sentyabrda «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. U avgustda oyoq tagi (golenostop) jarohati olgan edi. Ilk rejaga ko‘ra fransuz sentyabrdagi terma jamoa o‘yinlaridan keyin maydonga qaytishi kerak edi, ammo hali umumiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmadi.

Ushbu o‘yinni Endrik va Ferlan Mendi ham o‘tkazib yuborishadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:47, 12.09.2025.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик