Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston delegasiyasi MDH o‘yinlariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston delegasiyasi MDH o‘yinlariga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

25 sentyabr – 9 oktyabr kunlari Ozarbayjonda navbatdagi MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tunda mazkur musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjonga yo‘l oldi.

Gabala, Ganja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida tashkil etiladigan O‘yinlarda delegasiyamiz 23 ta sport turida (stol tennisi, stenddan otish, badminton, futbol, o‘q otish, suzish, voleybol, erkin kurash, ayollar kurashi, yunon-rum kurashi, basketbol 3x3, qilichbozlik, sambo, dzyudo, taekvondo WT, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, karate, badiiy gimnastika, trampolin, chovgon, kamondan otish, boks) 254 nafar atlet bilan qatnashishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 10:23, 24.09.2025.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик